22:58 Mutaxassis koronavirus pandemiyasi qachon tugashini ma’lum qildi | |
Koronavirus pandemiyasi 2022-yil boshida tugashi mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa bo‘limi rahbari Xans Klyuge «Welt» nashriga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil «yana bir COVID yili bo‘ladi». Biroq 2020 yilda odamlar yangi kasallik haqida kam ma’lumotga ega bo‘lishgan bo‘lsa, endi pandemiya nazorat qilsa bo‘ladigan ahvolga kelib qolgan.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, davlatlar cheklovlarni qanday bekor qilishni boshlashlari juda muhim, chunki hammasi juda tez sodir bo‘lsa, «biz yana boshiga qaytamiz». JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda qariyb 115 million kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, 2,5 milliondan ortiq bemor vafot etgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|