11:50 Koronavirus tarqalishi tezlashdi | |
Dunyoda koronavirus tarqalishi tezlashdi, deya xabar berdi «Daily Mail». Nashrning ma’lum qilishicha, may oyining birinchi haftasida kuniga 86 mingtalab yangi yuqtirish holatlari qayd etilgandi. Biroq so‘nggi haftada bu ko‘rsatkich birdaniga ko‘tarilib, taxminan 114 mingta holatni tashkil etmoqda. Bu koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan mamlakatlarda kasallanish holatining ko‘payishi bilan bog‘liq: Hindiston, Rossiya va Janubiy Amerika davlatlari. Shunga qaramay, COVID-19 tufayli o‘lim statistikasi pasaya boshlagan. Mana, masalan, maksimal ko‘rsatkich 16-aprel kuni qayd etilgan — o‘shanda bir million kishiga 1,35 ta o‘lim to‘g‘ri kelgan. Ayni vaqtda o‘lim darajasi ikki baravar kamayib, 0,67 tani tashkil etmoqda. Kunlik o‘lim soni may oyining boshida 5,1 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, hozir 4,3 mingtagacha kamaygan. San-Raffael shifoxona rahbari Alberto Zangriloning so‘zlariga ko‘ra, bunday dinamika virusning zaiflashganidan dalolat. Uning fikricha, yangi bemorlardagi patogenlar soni kasallikni ertaroq yuqtirganlarga qaraganda kamroq aniqlangan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|