13:39 Koronavirus Trampga yana bir qadam yaqinlashdi | |
AQSH Prezidenti Donald Trampning atrofidagi yana bir odami koronavirus yuqtirib oldi. Bemor Prezidentning qizi Ivanka Trampning shaxsiy yordamchisi hisoblanadi. Shu bilan Oq uyda koronavirusga chalinganlar soni yana bittaga ko‘paydi. Ta’kidlanishicha, yordamchi so‘nggi bir necha hafta davomida Ivanka bilan bog‘lanmagan. Chunki u uyda masofaviy shaklda ishlagan. Aynan shu chora Ivanka va uning eri Jared Kushnerni koronavirusdan qutqarib qolgan. Shunga qaramay, Ivanka va Kushner kecha, 8 may kuni COVID-19 uchun tahlil topshirgan. Natija manfiy chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, Ivanka Trampning yordamchisi Oq uydagi koronavirusga chalingan kishilarning uchinchisi. Avvalroq virus Oq uy xodimlaridan birida va vitse-prezident Maykl Pensning vakili aniqlangan edi. Oq uy hozirda har kuni kechasi dezinfeksiya qilinmoqda. Koronavirus AQSH Prezidentiga yuqmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay yuqoridagi holatlar yuz berishda davom etmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|