22:36 Koronavirus: uy sharoitida davolanayotganlar uchun alohida tavsiyalar | |
Ma’lumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-iyundagi 31-son bayoniga asosan 2020-yilning 5-iyul sanasidan boshlab COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolash joriy etildi. COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarni uy sharoitida davolashni tizimli va sifatli tashkil qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarni uy sharoitida davolash va epidemiologik surishtirish o‘tkazish tartibi, bemorlarni 10 kunlik tibbiy kuzatuv monitoring hisoboti va bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi. Shu bilan birga, bemorlarni uy sharoitida davolashga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir hududga mas’ul xodimlar biriktirildi. Yurtimizning barcha hududlarida fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollarga aniq va ishonchli javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan Sall-markazlar va maxsus shtablar tashkil etildi. Barcha COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Sall-markaziga hamda yashash joyingizdagi oilaviy poliklinika, qishloq vrachlik punkti yoki qishloq oilaviy poliklinikasiga telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarga uy sharoitida davolanish davrida kasallikni oila a’zolari va boshqa fuqarolarga yuqtirmaslik uchun uydan chiqmasliklarini, aksirganda, yo‘talganda burun va og‘izni yopish, qo‘lni muntazam sovunlab yuvish va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish, tibbiy niqob taqish va uni belgilangan tartibda almashtirib turish, xonani har 2-3 soatda shamollatish, uydagilar bilan muloqotni cheklash, ovqatlanganda alohida idish-tovoqlardan foydalanishni hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishni tavsiya etadi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|