12:56 Koronavirusga qarshi O‘zbekistonda yaratilgan preparat Shanxayda sinovdan o‘tkazilyapti | |
O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi foydalanish uchun tayyorlangan 30 ga yaqin preparat Xitoyning Shanxay shahriga sinovdan o‘tkazish uchun yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ma’lum qildi. Hozirda FA Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparatini “China-Uzbekistan medicine technical park” XK MCHJ da ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “China-Uzbekistan medicine technical park” texnoparki bilan litsenzion shartnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Institutda o‘tkir respirator infeksion kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 30 ta yangi biologik faol birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi ta’sirini sinovdan o‘tkazish maqsadida Shanxay tibbiy materiya institutiga yetkazib berildi. Hozirda ushbu birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi ta’siri Shanxay tibbiy materiya instituti xodimlari tomonidan skrining qilinmoqda. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 450 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|