20:28 Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib qaysi davlat olishi oydinlashdi | |
Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini birinchi bo‘lib Belarus respublikasi oladi, deya e'lon qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. «Belarus koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini olgan birinchi mamlakat bo‘ladi», — dedi Zaxarova payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing paytida. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|