21:44 Koronavirusni uyda davolash uchun maslahat beradigan Call-markazlar ishga tushirildi | |
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 iyundagi 31-son bayoniga asosan joriy yilning 5 iyulidan boshlab COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolash joriy etildi. SSVning ma’lum qilishicha, Mamlakatda barcha hududlarida fuqarolarga har tomonlama qulaylik yaratish, COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarning uy sharoitida davolanishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollarga aniq va ishonchli javob berish maqsadida doimiy ravishda faoliyat yurituvchi, malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan Sall-markazlar va maxsus shtablar tashkil etildi.
Shuningdek, tashkilot koronavirusning alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarga uy sharoitida davolanish davrida kasallikni oila a’zolari va boshqa fuqarolarga yuqtirmaslik uchun uydan chiqmasliklarini, aksirgan, yo‘talganda burun va og‘izni yopish, qo‘lni doimo sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirish, tibbiy niqob taqish va uni belgilangan tartibda almashtirish, xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish, uydagilar bilan muloqotni cheklash, ovqatlanganda alohida idish-tovoqlardan foydalanishni hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishni tavsiya etdi. Bundan tashqari, COVID-19 alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolarni uy sharoitida davolashni tizimli va sifatli tashkil qilish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan fuqarolarni uy sharoitida davolash va epidemiologik surishtirish o‘tkazish tartibi, bemorlarni 10 kunlik tibbiy kuzatuv monitoring hisoboti va bemorlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi. Shu bilan birga, bemorlarni uy sharoitida davolashga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir hududga mas’ul xodimlar biriktirildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|