21:45 Koronavirusning «maqsadi» aniq bo‘ldi | |
SARS-CoV-2 koronavirusining «maqsadi» — endemik bo‘lish, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassisi, professor Devid Xeymann. Uning so‘zlarini «Guardian» nashri keltirgan. «Aftidan, COVID-19 ham odamning boshqa to‘rtta koronavirusi singari endemik bo‘lib qoladi. U odam hujayralarida ko‘payarkan mutatsiyasini davom ettiradi, bu hol, ayniqsa, jadal tarqalayotgan joylarda kuchliroq namoyon bo‘ladi», — dedi mutaxassis. Xeymanning ta’kidlashicha, odamzod jon saqlab qolish vositalariga ega. Aholining yaxshi salomatligi bilan birga ular odamlarga ushbu virus bilan qanday yashash kerakligini o‘rganishga imkon beradi.
«Ehtimoliy ssenariy shuki, virus yana bir endemik kasallikka aylanib, o‘ziga xos xavf-xatarga aylanadi. Faqat samarali global emlash dasturi doirasida uning tahdidi kamayadi», — dedi ekspert. Rayanning ta’kidlashicha, vaksinaning mavjudligi, hatto, u nihoyatda samarali bo‘lgan taqdirda ham, yuqumli kasallikka barham berish yoki bartaraf etishga kafolat bermaydi. Uni yengib o‘tish juda mushkul.
«Biz tobora murakkablashib borayotgan dunyoda yashayapmiz. Tahdidlar saqlanib qoladi. Ushbu pandemiyadan, barcha fojia va yo‘qotishlardan o‘rganishimiz kerak bo‘lgani bu birgalikda harakat qilishdir. Biz har kuni qilayotgan ishlarimizni takomillashtirib, yo‘qotganlarning xotirasini hurmat bilan yod etishimiz kerak», — deya so‘zini yakunladi u. Dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada aniqlangan SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi ma’lum bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, virusning yangi varianti odatdagidan 70% ko‘proq yuqumli bo‘lsa-da, o‘lim yoki shifoxonaga yotqizish nuqtai nazaridan xavfliroq ekanligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar yo‘q. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha 81 milliondan ortiq kishida COVID-19 infeksiyasi qayd etildi. 1,7 milliondan ortiq odam infeksiya qurboniga aylandi. Endemik infeksiyalar — qo‘zg‘atuvchilari ma’lum bir hududda doimo bo‘ladigan kasalliklar. Endemik kasalliklarga subtropik Afrikadagi bezgak yoki Hindistondagi vabo kiradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|