12:36 Koronavirusning maxfiy simptomlari borligi ma’lum bo‘ldi | |
Koronavirus infeksiyasining yashirin belgilari o‘pka hajmining qisqarishi va buyrak funksiyasining buzilishi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jorj Meyson universiteti (AQSH) professori, biologiya fanlari doktori Ancha Baranova aytib o‘tdi.
Professor “simptomsiz” tashuvchilar toifasiga shifoxonaga murojaat qilish orqali o‘pka shikastlanishini bilgan yoshlarning vakillarini kiritdi. O‘pka hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun stereometriya, ijobiy tashxis qo‘yilganida tomografiya qilish kerak bo‘ladi. Baranovaning ta’kidlashicha, glomerulyar filtratsiya uchun qon tekshiruvini topshirish orqali buyrak funksiyasi pasayishining oldini olish mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|