19:01 “Liverpul” sotuvga qo‘yildi | |
Rahbarlar klub bo‘yicha bo‘ladigan takliflarni tiglashga tayyor. “FSG agar tushadigan taklif shartlari ma’qul tushib, “Liverpul” uchun foydali bo‘lsa, kompaniya ushbu taklifni ko‘rib chiqadi. FSG hali ham “Liverpul”ning maydonda ham, maydon tashqarisida ham muvaffaqiyat qozonishini istaydi”, – deyiladi kompaniya bayonotida. “Fenway Sports Group” “Liverpul” ga 2010-yilning oktyabr oyidan buyon egalik qiladi. Ushbu davr mobaynida Yurgen Klopp “Liverpul” ga keldi va 30 yil ichida ilk marta Premyer Ligada g‘olib chiqdi. Shuningdek, klub Chempionlar Ligasi, Angliya kubogi va Liga kubogida zafar quchdi. FSG qo‘l ostida “Enfild” stadionida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Mazkur ta’mir ishlari kelasi yil yakuniga yetadi. Stadion sig‘imi 61 ming kishiga yetadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|