13:12 Telegramdagi pullik postlar nima uchun iOS tizimlarida o‘chirib qo‘yildi? | |
27-oktyabr kuni Telegram messenjerida kanal mualliflari uchun o‘z kanallarida pul to‘lash evaziga ko‘rish mumkin bo‘lgan xabarlar funksiyasi ishga tushirildi. Keyinchalik, bu funksiyaning Apple qurilmalarida ishlashi to‘xtatib qo‘yilgan. Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Apple kompaniyasining iltimosiga binoan iOS qurilmalarida ilovaning pullik nashrlar o‘chirib qo‘yilganligini ma’lum qildi. “Ba’zi kontent yaratuvchilar shaxsiy xabarlarga kirishni sotish uchun uchinchi to‘lov botlaridan foydalanishni boshladilar. Natijada, ular to‘langan pullarni 100 foizini o‘zlashtirishlari mumkin. Bu yaxshi edi. Afsuski, biz Apple’dan kanal mualliflarining nashrlardan kelayotgan pullarni 30 foizini Apple’ga to'lamasdan o‘zlashtirayotganidan norozi ekanliklari haqida xabar oldik. Apple o‘z ekotizimini to‘liq nazorat qilar ekan, bizda iOS qurilmalarida bunday pullik nashrlarni o‘chirib qo‘yishdan boshqa yo‘l qolmagan edi“ – deydi Durov Telegram kanalida U buni "monopolning bozordagi ustunligini suiiste'mol qilishining yana bir misoli"deb atadi. Shuningdek, Pavel Durov Yevroittifoq, Hindiston va boshqa davlatlarni Apple siyosatiga qarshi chora qo‘llashiga umid qilishini ta’kidladi. “Biz Telegram’da o‘z ishlarini monetizatsiya qilish uchun kuchli va ishlatish uchun qulay vositalar taqdim etish ustida ishlayapmiz” – deya qo‘shimcha qiladi u.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|