09:47 Maktablarda koronavirus tufayli muddatidan oldin ta’til e’lon qilindi | |
Qozog‘iston maktablarida bahorgi ta’til 15 martdan 5 aprelga qadar davom etadigan bo‘ldi. Bu haqda bosh vazir Yerali Tugjanov ma’lum qilgan.
"Xabar.uz"ning yozishicha, 16 martdan kollejlar va oliy ta’lim muassasalari ham masofadan ta’lim berish tizimiga o‘tkaziladi. Maktab o‘quvchilariga esa ta’til vaqtida o‘z hududlaridan chetga chiqish taqiqlangan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida ham muddatidan oldin ta’til e’lon qilinishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarlarni inkor etdi. Kecha, 11 mart sanasida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini bir necha davlatga tarqalgan pandemiya sifatida tan oldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda butun dunyo bo‘ylab kasallikka uchraganlar soni 120 mingdan oshib ketdi. Ulardan 4,3 mingdan oshig‘i vafot etgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|