18:48 Mansabdorlar nega qimmatbaho avtomobillarda yuradi? Moliya vaziri javob berdi | |
O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov “Toshkent 5 tashabbus harakati” doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda davlat mansabdorlarining qimmatbaho xizmat mashinalarida yurishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat amaldorlarining xizmat mashinalarini yangisiga almashtirishi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berishi uchun cheklov o‘rnatildi. Tegishli qaror bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarini yangisiga almashtirish hamda ularning tizimidagi tashkilotlarga o‘tkazib berish avtotransportdan kamida 5 yil foydalanilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin (foydalanishga yaroqsiz holga kelgan avtotransport vositalari bundan mustasno) etib belgilab qo‘yildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|