Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » O‘zbekistonlik mansabdorlar qancha oylik oladi?
17:10

O‘zbekistonlik mansabdorlar qancha oylik oladi?


Moliya vazirligi 1 oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining rasmiy maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda «Repost» xabar berdi.

Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet mablag‘larini jalb qiluvchi tashkilotlar va muassasalar rasmiy ish haqini belgilashda ish haqining yagona tarif jadvali bilan tasdiqlangan koeffisiyentlarni qo‘llaydi.

Ularga quyidagi miqdor belgilanadi:

  • maxsus ish sharoitlari uchun — rasmiy ish haqining 20 foizi miqdorida (Oliy Majlis deputatlari va senatorlari, viloyatlar (tumanlar, shaharlar hokimlari) uchun);
  • mehnatni rag‘batlantirish koeffisiyenti — rasmiy ish haqining 40 foiz miqdorida;
  • ish staji uchun — rasmiy ish haqining 20—30 foizi miqdorida;
  • moddiy rag‘batlantirish — rasmiy ish haqining 15—25 foiz miqdorida.

Bundan tashqari, ayrim hollarda bonuslar (2 rasmiy ish haqi miqdorida) va moddiy yordam (1 ish haqi miqdorida) taqdim etiladi. Shu bilan birga, mukofotlarni to‘lash yoki intizomiy jazo choralarini qo‘llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mansabdorlar, oylik, o‘zbekistonlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz