09:29 Manzura: Yoshligimda kuylagan ayrim qo`shiqlarimdan afsuslanaman | |
Xonandalar Manzura va Iroda Dilroz “Darakchi” gazetasining “Javob ber” loyihasida ishtirok etdi va bir-birlarining savollariga ochiq-oshkora javob berishdi. Jumladan, Iroda Dilroz Manzuraga “Qo`shiq yaratishda nimalarga e`tibor berasiz?” deya savol berdi “Ochig`ini aytish kerak, yoshligimda kuylagan ayrim qo`shiqlarimni bugun tinglab qolsam, biroz afsuslanish hissini sezaman. Bugun har bir qo`shiqni taqdim etishdan avval uning g`oyasi, nima demoqchi bo`layotganim haqida ko`p o`ylanaman. Ular orqali muxlislarimni yaxshilikka chorlab, chin ma`noda ma`naviy ozuqa berishni istayman”,—deydi Manzura ushbu savolga javoban.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|