22:29 Masjidda qotillik yuz berdi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod masjidida qotillik yuz berganligi haqida xabar tarqaldi. Aniqlanishicha, bugun 22-dekabr kuni soat 09.30 larda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan jome’ masjidi binosi ichida fuqaro M.Sh. (1974-y.t., ishsiz) shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|