15:48 Mavsumiy gripp va koronavirus birgalikda katta xavf keltirib chiqaradi | |
Kuz fasli kirib kelishi bilan, mavsumiy kasalliklar “hujum”ga o‘tadi. Dunyoda koronavirus pandemiyasi hukmronlik qilayotgan paytda odamlar, o‘zlarini nafaqat COVID-19'dan, balki kuz-qish mavsumida uchraydigan boshqa gripp viruslaridan ham himoya qilishi kerak.
U gripp pnevmoniyani yanada og‘irlashtirishi hamda bronxlar va o‘pkada muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini eslatdi. Ikki virusning birlashishi sodir bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘ladi va bu sog‘liq uchun o‘ta xavfli.
Bir vaqtning o‘zida ikkita infeksiyani yuqtirganlik o‘zini dimog‘da noqulaylik, yo‘tal, bo‘g‘ilish hissi va boshqa belgilar bilan namoyon qiladi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, zaif, keksa va harakatsiz odamlar bu xavfga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Yaxshi uxlash va sport bilan shug‘ullanish organizmdagi infeksiyani yengishga katta yordam beradi. Avvalroq, Rossiyaning N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi olimlari bir vaqtning o‘zida inson organizmida grippga va koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni yaratishmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi. Tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning ta’kidlashicha, bunday vaksinani ishlab chiqarishdan oldin klinik sinovlar o‘tkaziladi. Ammo bunday dorining paydo bo‘lish vaqti haqida gapirishga hali erta.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|