Kataloniyaning “Barselona” klubi yetakchisi Lionel Messi rahbariyatdan yozda besh nafar futbolchini sotishni talab qilmoqda. Ispan nashrlarining ma’lumotiga ko‘ra, Messining qora ro‘yxatidan Yerri Mina, Pako Alkaser, Nelson Semedu, Andre Gomesh va Lyuka Dinlar o‘rin olgan. Argentinalik hujumchining fikricha, bu futbolchilar “Barselona” darajasiga mos emas va shuning uchun ularni sotib yuborishni istayapti. Ma’lumot uchun, yuqorida nomi keltirilgan futbolchilar klubda asosiy futbolchilar hisoblanmaydi.
Akmalxon Eshonxonov