21:57 «Nafas olmaydigan odam» yangi jahon rekordini o‘rnatdi | |
Daniyalik fridayver Stig Severinsen suv ostida suzish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. «Ritsaus Bureau Agency»ning ma’lum qilishicha, sportchi Meksika sohillari yaqinida bir nafasda 202 metrgacha suzishga muvaffaq bo‘ldi. Bu oldingi natijadan 25 metr ko‘p degani. Jahon matbuoti daniyalik fridayver Stig Severinsenni «Nafas olmaydigan odam» deb atashadi. Severinsen 47 yoshda. U fridayving bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni va Ginnesning bir qancha rekordlari egasi sanaladi. Severinsen nafaqat sportchi, balki olim hamdir. U bir qancha kitoblar muallifidir. Jumladan, nafas olish haqida ham kitob yozgan. Bundan tashqari, Stig atrof muhitning faol himoyachisi hisoblanadi. Aytishlaricha, aynan yoga va fiziologiya sohasidagi bilimlari bunday natijalarga erishishiga yordam beradi. London akvariumida u nafasini 22 daqiqa ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Sportchi tibbiyot fanlari doktori va biologiya bo‘yicha magistr darajasiga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, nafas bilan shug‘ullanish stressni nazorat qilishga, jismoniy va aqliy qobiliyatlarni yaxshilab, og‘riqni yengillashtirishga yordam beradi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|