20:31 Ruslan Nuriddinov jahon rekordini yangiladi | |
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda o‘zbekistonliklar – Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo‘rayev kumush medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, siltab ko‘tarish mashqida oltin medal uchun ikki o‘zbekistonlik o‘zaro raqobat olib borgan. Yakunda Ruslan Nuriddinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish qatori yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Kumush medal Akbar Jo‘rayevga, bronza medali esa xitoylik Yang Chjega nasib etgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistolik bokschi Nigina O‘ktamova jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|