08:28 «Nasaf»da inqiroz — futbolchilar qarzga botgan, klub menejeri «qochib ketgan» | |
Yakuniga yetgan mavsumda qiyin iqtisodiy ahvoliga qaramasdan, yuqori natijalarga erishgan Qarshining «Nasaf» jamoasi moliyaviy muammolar iskanjasida qolgan. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, klubdagi vaziyat izdan chiqqan. Pandemiya davrida boshqalar kabi moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan Qashqadaryo klubi futbolchilar oldidagi 6 oylik qarzlarining yarmini deyarli ikki oy muqaddam uzishga erishgan. Biroq qolgan qismi haqida hozircha hech qanday gap yo‘q. Shaxsi sir tutilishini so‘ragan Sports.uz manbasi tomonidan ma’lum qilinishicha, klub bosh menejeri Sergey Kucherenko 28 dekabrda vataniga jo‘nab ketishi va ungacha to‘liq qarzlar hamda mukofot pullarini to‘lab berishni va’da qilgan. Amalda esa, yuqorida aytib o‘tilgan hech bir ishni bajarmay, yurtiga «qochib ketgan». Rahbariyatning va’dalariga ishongan holda, bir qator futbolchilar kun ko‘rish uchun turli manbalardan qarz olishga majbur bo‘lishgan. Hatto, muddati kechikkanligi sabab ba’zilarning uyiga MIB xodimlari borgan. Shuningdek, qarshiliklar kumush medallarni taqish marosimlarini ham o‘tkazishmagan, futbolchilarga medallar berilmagani aytilmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|