20:53 Nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari kamligiga epidemiolog aniqlik kiritdi | |
Berlindagi «Sharite» universiteti tibbiyot majmuasi hamda Garvard universiteti professori Tobias Kurt nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari nisbatan kamligini tushuntirib berdi.
Tobias Kurt aniqlik kiritishicha, avvalo, Germaniya koronavirus epidemiyasiga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurgandi (Italiya va Ispaniyadan farqli ravishda — tahr.). Professor yana bir jihatga e’tiborni qaratdi, bu madaniyat va jamiyat qurilishidagi tafovutlar. Germaniyada bir oilaning turli avlodlari kamdan-kam holatlarda bir uyda yashashadi. Janubiy Yevropa mamlakatlarida esa doim oilalar katta bo‘lgan, keksalar nevaralar ardog‘ida yashab kelishadi. Afsuski, ushbu qadriyat koronavirusning asosiy qurollaridan biriga aylandi — ko‘chadan kasallikni yuqtirib kelgan bir kishi butun oilasini kasal qilishi mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|