22:14 Nemis mutaxassislari qaysi hududlardagi koronavirus bemorlarini davolashda qatnashadi? | |
Bugun koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ko‘mak berish maqsadida yana bir guruh germaniyalik mutaxassislar yurtimizga keldi. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lum qilishicha, bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov nufuzli nemis mutaxassislari ishtirokida o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Unda Germaniyaning Robert Kox instituti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi va Dyusseldorf universiteti hamda Frankfurt-Mayn universiteti klinikalaridan kelgan mutaxassislar bilan yurtimizda pandemiyaning ta’sirini imkon qadar kamaytirish, kasallik tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolashda nemis mutaxassislari va mahalliy shifokorlar o‘rtasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Yevropalik mutaxassislar guruhi shu yilning 28 avgustiga qadar yurtimizda bo‘lib, poytaxt Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Manba: "sof.uz"
| |
|