12:17 O‘zbekiston afg‘on xalqiga 58 tonna insonparvarlik yordami yubordi | |
“Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yuklari ortilgan avtomashinalari Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda. Bu galgi ko‘rsatilgan yordam avvalgilaridan farqli ravishda, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan oilalarning o‘zlariga tarqatilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|