Главная » 2020 » Сентябрь » 17 » O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?
13:57

O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?


O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?

Barno Abdusamatova, koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: 

✔️ Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi. 

Hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning  ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallikni avj olishiga yo‘l qo‘ymaydilar. 

Shu bilan birga bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o‘rin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlarini  tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, mavsumida koronavirus, Kuz, infeksiyasining, ikkinchi to‘lqiniga, tayyormi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz