Главная » 2017 » Апрель » 4 » O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 16 ta shartnoma imzolandi
21:05

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 16 ta shartnoma imzolandi


3 aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiyaning yirik kompaniyalari va banklari o‘rtasida shartnomalar imzolandi. Umumiy qiymati 3,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 16 ta kelishuv imzolangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Muhokamalar chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazirning Birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qilgan bo‘lsa, Rossiya tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin ishtirok etgan.

Imzolangan shartnomalarning asosiy qismini savdo-iqtisodiy va investisiya sohasi tashkil qiladi.

O‘zbekistonning “Asaka” banki Rossiyaning “Gazprom” Aksionerlik jamiyati bilan Toshkentda tashkil etiladigan metallurgiya zavodining qurilish loyihasini moliyalashtirish yuzasidan shartnoma imzoladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish bo‘yicha Chirchiq zavodini tashkil etish borasida ham kelishuv imzolandi.

Imzolangan shartnomalar orasida Rossiyaga qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuv ham bor. Shartnomaga ko‘ra, yetkazib beriladigan seva-sabzavot mahsulotlarining qiymati 612 million dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 4-5 aprel kunlari Rossiyaga tashrif uyushtirishi rejalashtirilgan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shartnoma imzolandi, O‘zbekiston va Rossiya, 16 ta, o‘rtasida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz