Главная » 2017 » Июль » 27 » O‘zbekiston yillik importi qiymati qancha?
16:22

O‘zbekiston yillik importi qiymati qancha?


O‘zbekiston 2015 yilda xorijiy mamlakatlarga 5,85 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan. Xorijdan o‘z ehtiyojlari uchun 10 mldr dollarlik mahsulotlarni import qilgan. Mamlakatning 2015 yildagi YaIM (yalpi ichki mahsuloti) 66,7 mlrd dollarni tashkil etgan. Aholi jon boshiga YaIM 6,09 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqda atlas.media.mit.edu sayti ma’lumotlarida so‘z boradi.

O‘zbekiston xorijga asosan oltin (1,88 mlrd dollar), tabiiy gaz (577 mln dollar), paxta tolasi (484 mln dollar), kimyo sanoati mahsulotlari (432 mln dollar), mis (341 mln dollar) yetkazib bergan.

O‘zbekiston 2015 yilda 5,85 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilish bilan dunyoning yuzinchi eng yirik eksport qiluvchi mamlakati hisoblangan. Biroq, ta’kidlanishicha, O‘zbekiston eksporti 2010 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan 5 yil mobaynida -0,8 foizga pasayib, 6,1 mlrd dollardan 5,85 mlrd dollarga tushib ketgan. O‘zbekiston eksportida oltin ulushi 32,1 foizni, tabiiy gaz 9,9 foizni tashkil etadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 110 turdagi mahsulotni eksport qilish bilan jahon eksport bozoridagi ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Vaholanki, bir qarashda mamlakat iqtisodiyoti bunga imkon bermaydigandek taassurot uyg‘otadi, deyiladi tahliliy axborotnomada.

O‘zbekiston mahsulotlarini asosan Shveysariya (1,88 mlrd dollar), Xitoy (1,21 mlrd dollar), Turkiya (703 mln dollar), Qozog‘iston (690 mln dollar) va Rossiya (570 mln dollar) kabi davlatlarga yetkazib bergan.

O‘zbekiston importida qadoqlangan dori-darmonlar (570 mln dollar), avtomobil ehtiyot qismlari (551 mln dollar), neft mahsulotlari (493 mln dollar), metall prokatlar (248 mln dollar) va yog‘och mahsulotlari (212mln dollar) yetakchi o‘rin tutadi.

O‘zbekiston 2015 yilda 10 mlrd dollarlik mahsulotlarni import qilish orqali dunyoning 97-eng yirik import qiluvchi davlati bo‘lgan. uning 2010-15 yillar oralig‘idagi 5 yillik davomidagi importi yillik 4,1 foizga oshib, 8,1 mlrd dollardan 10 mlrd dollarga yetgan. Importda dori-darmonlar (5,69 foiz) va neft mahsulotlari (5,49 foiz) yetakchi o‘rinlarda.

Bu borada O‘zbekiston asosan Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Turkiyadan mahsulotlar keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni XPKda bo‘lib o‘tgan sessiyada valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi savolga javob bergan Moliya vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzaev O‘zbekiston konvertatsiyani ochish uchun yetarli zaxiraga ega ekani, uning miqdori ikki yillik import qiymatiga teng ekanini aytgan edi.


Manba: "Kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yillik import, qancha, O‘zbekiston, qiymati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz