22:05 O‘zbekistonda 1-avgustdan suyultirilgan gaz yagona chakana narxda sotila boshlaydi | |
Vazirlar Mahkamasi 29-dekabr kuni “Aholiga kundalik hayotda iste’mol qilish uchun sotiladigan suyultirilgan gazning respublika bo‘yicha yagona chakana narxini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Hujjatga muvofiq, 1-apreldan suyultirilgan gazning bir kilogrammi Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisiga 500 so‘mdan, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari aholisiga 700 so‘mdan, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisiga 720 so‘mdan sotiladi. 1-avgustdan esa ushbu yoqilg‘i yagona chakana narxda sotilishi belgilab qo‘yildi. Norma qayd etishicha, shu paytgacha 1994-yilning oktabridan buyon gazni sotishda kelishilgan (erkin) narx qo‘llanib kelingan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|