11:24 O‘zbekistonda 2 sentabr sanasi Islom Karimov xotira kuni sifatida yod etiladi | |
Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida Qaror imzoladi. Qarorga ko‘ra, har yili 2 sentabr sanasi Islom Karimov xotira kuni sifatida yod etiladi, 30 yanvar esa Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanalar munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida Islom Karimov hayoti va faoliyatini keng yoritilishi belgilandi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|