Главная » 2018 » Июнь » 8 » O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berildi (mi?)
08:39

O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berildi (mi?)


Hozirgi kunda O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojaat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz to‘pladi.

Mavjud tartibga asosan, ushbu murojaat Oliy Majlis tomonidan ko‘rib chiqilishi va 60 kun ichida tegishli qaror qabul qilinishi lozim. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda mazkur masala o‘rganib chiqilmoqda.

Demak vakolatli organ tomonidan tegishli qaror qabul qilinmagunga qadar avtotransport vositasi oynasini qoraytirish mumkin emas. Demak, mashinalarning oynasini qoraytirish (tonirovka) ga ruxsat berilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq, barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynasining yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak.

Haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalarining orqa oynasida har ikki tomonda orqa tomonni ko‘radigan tashqi ko‘zgu mavjud bo‘lgan taqdirda pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ruxsat berildi, oynasi, avtomobil, O‘zbekiston, qoraytirish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz