Главная » 2017»Июнь»27 » O‘zbekistonda dollar narxi oshishda davom etadi
18:28
O‘zbekistonda dollar narxi oshishda davom etadi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 28 iyun sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qildi.
Bu o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 65 tiyinga ko‘p bo‘lib, 3958 so‘m 56 tiyinni tashkil qiladi. 1 yevro qiymati esa 26,09 so‘mga oshib, 4422 so‘m 11 tiyin deb belgilandi.
Ta’kidlash joiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.