17:45 O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3120 so‘mdan oshdi | |
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 8-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3120 so‘m 51 tiyin etib belgilandi. Bu 1-noyabrdagi kursganisbatan 18 so‘m 33 tiyinga ko‘p. 2016-yil 8-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3456 so‘m 42 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 72 so‘m 68 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 460 so‘m 65 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 38 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 49 so‘m 14 tiyin (1-noyabrdagi kursga nisbatan 18 tiyin arzon) etib belgilangan. Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|