17:56 O‘zbekistonda havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi | |
O‘zbekistonda 4-5 aprel kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keldi. Bu esa Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Tog‘ oldi hududlarida esa kuchli yomg‘ir yog‘di. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchaydi. Ushbu hafta boshidan esa havoning o‘zgarishi, yog‘ingarchiliksiz iliq havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. Xususan, 6 apreldan Respublikaning shimoliy hududlariga Erondan iliq va quruq havo massalari kirib kela boshladi. Havo harorati 18-20°ko‘tariladi. Ayrim tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yogishi mumkin. 7-9 aprel kunlarida esa iliq havo massalari O‘zbekistonnig barcha hududlariga tarqaladi. Havo harorati Markaziy sharqiy hududlarda kunduzi 23-26°, shimolda va janubda 27-32° gacha iliqlashadi.
Manba: "qalampi.uz"
| |
|