23:07 O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi | |
Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 22-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida mamlakat ichida yashash va harakatlanish uchun ID-karta joriy etish tashabbusi ham ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. Bundan tashqari, “fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida” xorijga chiqish tartibini soddalashtirish ham rejalashtirilgan. Ushbu o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi 20-aprelga qadar ishlab chiqilishi kerak. Eslatib o‘tamiz, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Davlat dasturida amaldagi milliy pasportni chet elga chiqish pasporti deb tan olish, O‘zbekiston ichida yashash va harakatlanish uchun ID-karta joriy etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Tasdiqlangan hujjat taklif etilganidan farq qiladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|