16:36 O‘zbekistonda karantindan keyin ham niqob taqiladimi? | |
Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Karantindan keyin niqob taqish va himoya vositalaridan foydalanishda davom etamizmi? Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va o‘sha vaqtdagi epidemiologik holatga bog‘liq. Shaxsiy gigiyena qoidalari va ijtimoiy masofalanish tartibiga yurtdoshlarimiz ko‘nikishdi va ular ushbu qoidalarga rioya qilishda davom etishadi. Ayrim savdo markazlari va bozorlar kiraverishida sanitar darvoza o‘rnatilgan va kirishingizda qandaydir suyuqlik sepadi. Bunday sanitar darvozalarda qanday suyuqlikdan foydalanishadi? Salomatlik uchun xavflimasmi? Yo‘q, sog‘liq uchun zararli emas, bu inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan dezinfeksiya vositasi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|