Главная » 2020 » Апрель » 28 » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar 1000 nafardan kamaydi
16:05

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar 1000 nafardan kamaydi


Toshkent shahrida 25 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ularning orasida 72 yoshli og‘ir ahvolda bo‘lgan odam ham bor. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 4 nafar, jami 25 bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 15 nafari Toshkent shahridan, 6 nafari Toshkent viloyatidan. Ulardan 2 nafari Turkiyadan, yana 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari Angliyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 17 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 9 nafari erkak, 12 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning barchasi Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda.
 

E’tiborli jihati, joriy yil 30 mart kuni koronavirusga chalingan 72 yoshli bemor juda og‘ir ahvolda mazkur klinikaga olib kelingan. Uzoq vaqt sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor shifokorlarning samarali davolash muolajalaridan keyin infeksiyadan to‘liq tuzalgan bo‘lsa-da, boshqa hamroh kasalligi borligi sababli ixtisoslashgan shifoxonaga reabilitatsiya uchun o‘tkazildi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 934 nafarga yetdi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar 1939 nafarni tashkil qilmoqda. Bemorlarning bemorlarning 8 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 1000 nafardan kamaydi, davolanayotganlar, koronavirusdan, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz