22:07 O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2200dan oshdi | |
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xorazm viloyatida yana 18 bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar berdi. Xorazmda endi 5 bemor qoldi, viloyatda so‘nggi kunlarda yangi kasallanish holatlari qayd etilmayapti.Bugun viloyatda tuzalganlarning 13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda. Bundan avvalroq Toshkentda 27, Samarqandda 10 kishi kasallikdan tuzalgani xabar qilingandi. Shu tariqa, bugun jami 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi. 16 may soat 16:00 holatiga ko‘ra jami zararlanish holatlari soni 2719taga yetgan. Tuzalganlar va vafot etganlardan (11) tashqari 495 bemor davolanmoqda, ularning 8 nafari og‘ir ahvolda.
Manba: "kun.uz"
| |
|