Главная » 2020 » Август » 9 » Koronavirusdan tuzalganlar niqob taqmasa bo‘ladimi?
18:22

Koronavirusdan tuzalganlar niqob taqmasa bo‘ladimi?


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin davrida tibbiy niqobdan foydalanish majburiy etib belgilangan. Ushbu tartibga amal qilmaganlik esa ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. 

Shifokorlar koronavirusga chalingan bemorlar qayta bu xastalik bilan og‘rimasligi, ularda immunitet hosil bo‘lishini aytmoqda. Xo‘sh, koronavirusga chalinib, sog‘ayib chiqqanlar tibbiy niqob taqmasa ham bo‘ladimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi: 

“Kasallanib tuzalgandan so‘ng immunitet hosil bo‘ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo‘yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin. 

Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi”.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: koronavirusdan, tuzalganlar, taqmasa, Niqob, bo‘ladimi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz