16:08 O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2800ga yaqinlashdi | |
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 7 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2790 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Past Darg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar soni 281 nafarga yetdi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 2790 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 750 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Manba: "kun.uz"
| |
|