17:53 O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2800dan oshdi | |
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 7, Toshkentda 47 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2837 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Past Darg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar soni 281 nafarga yetdi. Shuningdek, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan. Toshkent shahrida shu paytga qadar 1063 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1110 nafarga yetdi. Bugun O‘zbekistonda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 2837 nafarga yetdi.
Manba: "kun.uz"
| |
|