17:07 O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3900dan oshdi | |
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Buxoro va Namanganda jami 36 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3910 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.Bugun Toshkentda 22 nafar, Buxoroda 10 nafar va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog'aydi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1897 nafari sog‘aydi. Ayni paytda poytaxtdagi davolash muassasalarida 847 nafar bemor davolanmoqda. Buxoroda esa shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun ushbu viloyatda shifo topganlarning soni 467 nafarga yetdi. Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda. Namanganda esa jami kasallik qayd etilganlar soni 273 nafar bo‘lib, endilikda shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan, ayni paytda bu hududda davolanayotganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda jami 1065 bemor davolanmoqda, shundan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Manba: "kun.uz"
| |
|