13:26 O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni ortdi | |
Buxoro viloyatida 35 nafar koronavirusga chalingan bemor to‘liq sog'aydi. Natijada infeksiyadan sog‘aygan bemorlar 1440 nafarga yetdi. Shifo topganlarning 20 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 16 nafari Buxorodan, Samarqand va Qashqadaryodan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Namangan, Jizzaxdan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Surxondaryodan 1 nafardan. Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 83 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshli bola. Buxoro viloyatida asosan xorijiy davlatlardan charter reyslar bilan olib kelingan fuqarolarimiz orasida koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan 434 nafar bemordan endilikda 367 nafari butunlay sog‘aydi. Ayni paytda qolgan 67 nafar bemor davolanmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|