09:52 O‘zbekistonda kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘lishi kutilyapti | |
12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirdi. 12-14 mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning ba’zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin. Shamolning tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/sgacha yetishi mumkin. 12-14 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Avvalroq, O‘zbekistonga Kaspiy dengizidan nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|