11:24 O‘zbekistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilishi rostmi? | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkmanistonda kuchli shamol va qum bo‘roni kuzatilayotgani va bu hodisa O‘zbekiston hududiga ham tarqalishi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. Gidrometeorologiya xizmati markazi ushbu xabarga munosabat bildirib, O‘zbekiston hududida qum bo‘roni kutilmayotganini bildirdi. Aytilishicha, 2 may kuni respublikada ob-havoning beqaror bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 metr, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|