19:09 O‘zbekistonda masjidlar qachondan ochilishi ma’lum bo‘ldi | |
Joriy yilning 17 avgustidan O‘zbekistondagi diniy tashkilotlar faoliyatiga ham ruxsat beriladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin yumshatish bo‘yicha yig‘ilishda shu haqda aytib o‘tdi. Prezident diniy tashkilotlarga juma, shanba va yakshanbadan boshqa kunlarda ishlashga ruxsat berish kerakligini ta’kidladi. Undan avvalroq, diniy soha vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda diniy tashkilotlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi haqida xabar berilgandi. Masjidlar qay tartibda, qaysi hududlarda ochilishi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilanadi. Eslatib o‘tamiz, mamlakatda hududlarni “qizil”, “sariiq” va “yashil” toifalarga ajratish tartibi o‘rnatilgan vaqtda “yashil” toifadagi shahar va tumanlarda 8 iyundan masjidlar ochilgandi. Biroq epideomilogik vaziyat yomonlashgani sababli 10 iyuldan diniy tashkilotlar faoliyati qayta taqiqlangandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|