20:44 O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi 10 foizga kamaydi | |
O‘zbekistonda neft qazib olish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda. Yanvar-mart oylarida mamlakatda 189 ming tonna neft qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,3 foizga kam (206 ming tonna). Shu bilan birga, mamlakatda boshqa xomashyo olinishi hajmi ko‘paydi. Jumladan, yil boshidan beri 1,0 million tonna ko‘mir (18,4 foizga o‘sish), 14711 million kubometr tabiiy gaz (6,4 foiz), 534,5 ming tonna gaz kondensati (19,4 foiz) qazib olindi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|