09:18 O‘zbekistonda OTMga kirish uchun hujjat topshirish boshlandi | |
Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish boshlandi. Qabul jarayoni 1 oy 20 iyulgacha davom etadi. Hujjatlar to‘liq onlayn shaklda topshiriladi. Buning uchun ikkita platforma ishlab turadi: • Davlat test markazining sayti (abitur.dtm.uz); • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. Shuningdek, joriy yildan abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangan: bakalavriat: kunduzgi ta’lim shakliga – 103 575 nafar; sirtqi ta’lim shakliga – 31 350 nafar; kechki ta’lim shakliga – 5 025 nafar. magistratura – 10 425 nafar. Eslatib o'tamiz, bu yilgi imtihonlarda 2 ta fandan test topshiriladi. Shuningdek, imtihon jarayonlari 2 smenada emas, balki 3 smenada amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Imtihonlarni 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkazish belgilangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|