22:54 O‘zbekistonda pasport rejimi soddalashtiriladi | |
O‘zbekistonda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatini ta’minlash maqsadida pasport tizimi qoidalarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. 2018-yilgi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasiga muvofiq, bu haqdagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 20-martgacha ishlab chiqilishi kerak. Hujjatga muvofiq pasport olish, ta’lim olish, mehnat qilish va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bog‘liq cheklovlarni bartaraf qilish rejalashtirilgan. Mavsumiy ishlarga jalb qilinganlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Fuqarolarning o‘z turar joylarida pasportsiz, propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan shaxslar yashab turishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni yengillashtirish belgilangan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|