16:15 O‘zbekistonda qanday avtomobillarni ishlab chiqarish boshlanadi? (INFOGRAFIKA) | |
Kelajak ikki yil ichida O‘zbekistonda KIA, Volkswagen, Hyundai, GAZ va boshqa brend avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi. O‘zbekistonda Uzautomotors kompaniyasidan tashqari bir qator xorijiy avtomobil kompaniyalar ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, GAZ guruhi va Krantas qo‘shma korxonasi tomonidan GAZ tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. "Shaffof omadli sanoat va Silk Road Company" qo‘shma korxonasi tomonidan Silk EV nomli elektromobillar, Volkswagen Grupp RUS tomonidan VW Caddy avtomobilini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Undan tashqari Hyundai tijorat avtomobillari hamda KIA konsernining Seltos va K5 modellarini ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Batafsil infografikamizda tanishing.
Manba: "aniq.uz"
| |
|