Главная » 2020 » Апрель » 25 » O‘zbekistonda qator yo‘nalishlar faoliyatiga ruxsat berildi
10:31

O‘zbekistonda qator yo‘nalishlar faoliyatiga ruxsat berildi


Respublika hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika sub’yektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan epidemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi o‘rtasida ishsizlik oshib ketishining oldini olish hamda budjet tushumlarini ta’minlash uchun iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

  • Xususan, qurilish materiallari bozorlari, shu jumladan, qurilish materiallarining chakana va ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga (maydoni 500 kv.m dan kam bo‘lmagan);
  • yirik ishlab chiqaruvchi sub’yektlarning o‘z mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan hududlardagi tarmoq do‘kon (magazin)lariga (sanitar normasi 10 kv.m ga 1 nafar xaridor tartibi asosida);
  • hunarmand va ustalarga – ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘kon) sotish faoliyatiga;
  • urug‘ va ko‘chat yetishtirish hamda ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);
  • tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalariga (kassalari);
  • avtomobillarga ehtiyot qismlar sotish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’yektlariga (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar);
  • avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga – 1000 kv.m dan kam bo‘lmagan maydonga ega sub’yektlar, shuningdek, vulkanizatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’yektlarga;
  • kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga;
  • notarial idoralar va sug‘urta kompaniyalarini faoliyat yuritishiga;
  • to‘xtab qolgan investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish ishlarini davom ettirishiga ijozat berilgani shular jumlasidan.

Qayd etish lozimki, Koronavirus epidemiyasi sharoitida ushbu korxona va tashkilotlarni, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni faoliyat yuritishi hamda qator ob’yektlarda qurilish ishlarini davom ettirish sanitariya-epidemologiya talablari asosida belgilangan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: faoliyatiga, qator yo‘nalishlar, O‘zbekistonda, ruxsat berildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz